Sirdaryoda haydovchisi uxlab qolgan Lacetti temir to‘siqqa urildi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 30 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida temir to‘siqqa borib urilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 iyun kuni tonggi soat 5:40 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 116-kilometrida Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib to‘qnashgan.

Oqibatda ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Yutong rusumli transport vositasi Lacetti'ga borib to‘qnashgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida Lacetti'da yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1 nafar yo‘lovchi tan jarohatlar olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan Toshkent-Bekobod yo‘lida haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida uning o‘zi va yana bir yo‘lovchi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing