Sirdaryoda haydovchilar yo‘l talashib mushtlashdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida haydovchilar yo‘l talashib janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat 2022 yil 31 dekabr kuni Guliston shahridagi chorrahada sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, voqea joyiga mas’ullar yetib borib, ishtirokchilar shaxsiga aniqlik kiritilgan. 

Hozirda mas’ullar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

“Aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilib, qonun ustuvorligi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing