Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Adliya katta maslahatchisi Savid Bozorboyevich Imatov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning buyrug‘i bilan ushbu lavozimni egallagan. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Savid Imatov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 mart kuni Sirdaryo viloyatining avvalgi prokurori Sanjar Mavlonov o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod qilingandi. Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda Mavlonov jinoyat ustida qo‘lga olingani va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ushbu xabarlarni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing