Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Guliston shahrida xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari 3-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi Rustam Qosimov ishtirok etmoqda. 

Sessiyani viloyat hokimi G‘ofirjon Mirzayev olib bordi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi Qosimov Rustam Sobirovich so‘zga chiqdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18 fevral kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etilishi belgilangani qayd etildi. 

Sessiyada ushbu qarorga binoan Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan O‘lmasjon Mamadaminov nomzodi tavsiya etildi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. 

Ma’lumot o‘rnida, polkovnik O‘lmasjon Mamadaminov uzoq yillar ichki ishlar organlari sohasida, xususan Boyovut tumani IIB boshlig‘i, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va Boyovut tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing