Sirdaryo hokimi Prezident topshirig‘i bilan boyovutlik otaxonga uy sovg‘a qildi
Jamiyat
−
10 may
7879Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari 8 may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olgandi. O‘shanda u boyovutlik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilinishini bildirgan. Prezident viloyat hokimiga qo‘ng‘iroq qilib, otaxonga Gulistondan uy berishni buyurgan.
Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Prezident topshirig‘idan so‘ng, otaxonga uy sovg‘a qildi.
101 yoshli otaxon O‘skan ota Hojimanov ayni paytda davolanayotgani bois, xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi. Shuningdek, hokim gospitalda ham bo‘lib, otaxonni tabriklagan, yangi xonadon hujjatlari va kalitini bergan.
LiveBarchasi