Sirdaryo: haydovchining uxlab qolishi yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi 

3-sahifa

image

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Sirdaryoda Matiz rusumli avtomobil bilan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda yo‘lovchilardan biri voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea soat 4:50 atrofida Mirzaobod tumani hududiga kiruvchi A-373 avtomobil yo‘lining 19-kilometrida sodir bo‘lgan. Termiz-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Matiz haydovchisi uxlab qolishi ortidan mashina yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilgan. Buning oqibatida, yo‘lovchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan.  

Eslatib o‘tamiz, xuddi shunga o‘xshash holat Surxondaryoda ham kuzatilgandi. O‘shanda Matiz rusumli avtomobil haydovchisi uxlab qolishi ortidan Nexia bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida Nexia avtomobilining yo‘lovchisi olgan og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing