Freedom House reytingida O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshiladi
Olam
−
07 may 2020
5316Xalqaro inson huquqlari tashkilotining “O‘tish davri mamlakatlari 2020” (Freedom House) xalqaro tashkilotining yillik hisobotida bu yil O‘zbekiston 1,14 ball to‘pladi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 1,11 ballni tashkil etgan edi. Hisobot bugun, 6 may kuni tashkilot saytida e’lon qilindi.
Freedom House hisobotida mamlakatlar 7 mezon bo‘yicha joylashtirilgan. Bularga milliy demokratik boshqaruv, mahalliy demokratik boshqaruv, saylov jarayoni, mustaqil ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati, sud hokimiyati va uning mustaqilligi hamda korrupsiya kiradi.
Tadqiqotga ko‘ra, reytingdagi davlatlar 1 dan 7 gacha bo‘lgan ballar bo‘yicha taqsimlangan.
Bu yil Qirg‘iziston 1,96 ball, Qozog‘iston 1,32 ball, Tojikiston 1,18 ball va Turkmaniston 1 ochko oldi. Shunga asoslanib, Qirg‘iziston mintaqadagi eng demokratik, Turkmaniston esa eng kam demokratik ko‘rsatkich qayd etgan davlatlar bo‘ldi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, hukumatning amaldorlar orasida kichik poraxo‘rlikni yo‘q qilishga qaratilgan sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekistonda korrupsiya darajasi yaxshilangan.
LiveBarchasi