Singan, qulagan, buzilgan. O‘zbekistonda qancha yaroqsiz ko‘prik borligi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
02 noyabr 2021
4569O‘zbekistonda 5 ming 952 ta ta’mirtalab, 914 ta yaroqsiz ko‘prik bor. Bu haqda bugun, 2 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda “O‘zyo‘linspeksiya” Matbuot xizmati rahbari Komil Shamsiddinov ma’lum qildi.
“Avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlarning holati qayta xatlov o‘tkazish natijalariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha jami 14534 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar mavjud bo‘lib, shundan 7668 tasi qoniqarli, 5952 tasi ta’mirtalab va 914 tasi yaroqsiz holatda ekanligi aniqlandi”, deydi Komil Shamsiddinov.
Ta’kidlanishicha, hozirda ta’mirtalab va yaroqsiz xoldagi inshootlarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli manzilli ro‘yxatga takliflar kiritilgan.
Shuningdek, yo‘l qurilish ob’ektlarida va yo‘l qurilishi materiallari ishlab chiqarishda qo‘pol ravishda qoidabuzilishlarga yo‘l qo‘ygan va davlat inspektorlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99 va 147-modallari asosida tegishli choralar qo‘llangan. Xususan, 184 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan va bugungi kunda sudlar tomonidan 157 tasi bo‘yicha 192 mln 18 ming so‘m undirilgan.
LiveBarchasi