Sindorov va Assaubayeva FIDE Circuit reytingida peshqadamlik qilmoqda 

Sport

image

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov va qozog‘istonlik Bibisora Assaubayeva FIDE Circuit 2026–2027 reytingida o‘z yo‘nalishlarida peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda FIDE matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Javohir Sindorov ochiq turnirlar bo‘yicha FIDE Circuit 2026–2027 reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. U avgust oyi boshida Sharlottada o‘tkazilgan Naroditsky Memorial turnirida rapid va blits bahslarida g‘alaba qozonib, Nodirbek Abdusattorovni ortda qoldirgan va reyting peshqadamiga aylangan. 

Ayni paytda Sindorovning hisobida 93,89 ochko bor. Uning yaqin ta’qibchisi AQSH vakili Uesli So hisoblanadi. So 20 avgust kuni “Sinquefield Cup” turnirida uchinchi marta chempion bo‘lib, reytingda 2-o‘ringa ko‘tarildi. 3-o‘rinda Nodirbek Abdusattorov bo‘lib, uning hisobida 65,64 ochko mavjud. 

Ayollar o‘rtasida esa Bibisora Assaubayeva FIDE Women’s Circuit 2026-2027 reytingida birinchi o‘rinda bormoqda. U may oyidagi musobaqalardan keyin reytingda yetakchilikni qo‘lga kiritgan edi. FIDE uni ayollar o‘rtasidagi Circuit poygasining peshqadami sifatida qayd etgan. 

Ma’lumot uchun, FIDE Circuit – dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan yuqori darajadagi shaxmat turnirlarini yagona reyting tizimiga birlashtiruvchi musobaqalar seriyasidir. 2026-2027 yilgi Circuit natijalari keyingi Kandidatlar turniri uchun muhim ahamiyatga ega. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing