Sindorov nufuzli turnirda 60 ming dollarni naqd qildi

Sport

image

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Freestyle Chess Grand Slam” turniri o‘z nihoyasiga yaqinlashdi. Musobaqada yarim finalga yetib kelgan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov allaqachon 60 ming AQSH dollar pul mukofotini naqd qilib bo‘ldi.

“Freestyle Chess Grand Slam” turnirining sovrin jamg‘armasi 750 ming AQSH dollarni tashkil etadi. Turnir chempioni 200 ming, 2-o‘rin sohibi 140 ming, 3-o‘rin egasi 100 ming va 4-o‘rinni band etgan shaxmatchi 60 ming AQSH dollar pul mukofotini qo‘lga kiritadi.

Musobaqada chorak finalda mag‘lubiyatga uchragan Nodirbek Abdusattorov esa 5-7 o‘rinlar uchun kurashib, 50 ming AQSH dollarigacha mukofot puliga ega chiqishi mumkin. Hozirgi holatda esa Abdusattorov kamida 20 ming AQSH dollariga ega chiqadi.

Bugun, 11 fevral kuni turnirning yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Finalga chiqish uchun Sindorov amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi dona suradi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing