Simsiz quloqchinlarning zararlari aytildi
Foydali
−
14 iyun 2021 16498 1 daqiqa
Simsiz quloqchinlar odamlar uchun xavfli, chunki elektromagnit nurlanish miyaga yaqin joyda yuz beradi. Bu haqda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti informatika kafedrasi dotsenti Aleksandr Timofeyev ma’lum qilgan.
Ko‘pgina mamlakatlar olimlari simsiz quloqchinlar miya saratoniga sabab bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Bluetooth — bu mikroto‘lqinli pech kabi xavfli elektromagnit nurlanish manbai. Olimlarga ko‘ra, miya yaqinidagi elektromagnit to‘lqinlar juda zararli.
“O‘ylaymanki, yaqin kelajakda, albatta, inson salomatligiga zarracha zarar yetkazmasdan ish sifatini oshiradigan yangi texnik yechimlar paydo bo‘ladi”, degan Timofeyev.
Unga ko‘ra, eng katta xavf yuqori sifatli eshitish vositalarining nusxalarida kuzatiladi. Olim qurilmaning xavfsizligini quyidagicha tekshirishni maslahat bergan: gadjetni stol ustiga qo‘yib, quloqchinlarni taqish, so‘ngra stoldan uzoqlashish kerak.
“Agar bir necha metr masofada signal kuchsizlanib qolsa, u holda qurilma maksimal darajada xavfsizroq bo‘ladi”, deb xulosa qilgan dotsent.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025