Simeone “Atletiko”ni tark etadi

Sport

image

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone 2022-2023 yilgi mavsum oxirida jamoani tark etadi. Bu haqda "El Chiringuito" nashri xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 52 yoshli argentinalik mutaxassis allaqachon Madrid klubi bosh direktori Migel Anxel Xil Marinni o‘z qarori haqida xabardor qilgan.

Simeone 2011 yildan buyon "Atletiko"ni boshqarib kelmoqda. Mutaxassis rahbarligida klub Ispaniya chempioni (2013-2014, 2020-2021y.), Kubok (2012-2013 y.) va Ispaniya Superkubogi (2014) sohibiga aylandi, shuningdek, Yevropa ligasi (2011-2012, 2017-2018 y.) va UEFA Superkubogi (2012, 2018y.)da zafar quchdi.

"Atletiko" joriy mavsumda 16 o‘yinda 27 ochko to‘plab, La Liga turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Simeone Atletiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar