Siberian Wellness`dan yorqin bahoriy tadbirlar seriyasi

Biznes

image

O‘zbekistondagi eng katta salomatlik targ‘iborchilaridan biri Sibirian Wellness yana katta tadbirlar seriyasini o‘tkazdi. 19-20 aprel kunlari poytaxt Toshkent shahrida sharqona ruhdagi Wellness Spring Event bo‘lib o‘tdi. 

Unda o‘z salomatligi va yoshligini saqlab qolish niyatidagi yuzlab odamlar ishtirok etdi. Tadbirlar davomida sog‘lomlashtirish sohasi yetakchilari, Rossiya va O‘zbekistondan ginekolog, pediatr va diyetologlar so‘zga chiqdi.

2 kun davom etgan ushbu forumda bugungi kunda eng dolzarb masalalardan bo‘lgan sog‘lom tarzda vazn yoqotish hamda bolalar salomatligiga katta e’tibor qaratildi. Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Belarus va hatto Buyuk Britaniyadan kelgan 2 ming nafar xamkorlar qatnashdi. Bunday voqealar, shuningdek, mamlakat turizimiga ham yaxshi ta’sir qiladi, O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini ko‘paytiradi.

Shuningdek, bolalarda immunitetni shakillantirish, kundalik iste’molda shakar miqdorini kamaytirish, vazn yo‘qotish bo‘yicha samarali maslahatlar berildi, sportdagi eng qaynoq yangiliklar bilan o‘rtoqlashildi. 

Wellness Spring Event’ning ikkinchi kuni tadbirkorlikka bag‘ishlandi. Bayramda bosh direktor Bahrom Xojimatov so‘zga chiqib, Namangan viloyati Chust tumanida birinchi biofaol qo‘shimchlalar ishlab chiqarish liniyasining ishga tushirilgani haqida gapirdi. Yil oxiriga qadar 10 turdagi shunday qo‘shimchalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida yangi ish o‘rinlari va eksport hajmini oshiradi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi va Jenisbek Piyazovning chiqishi bilan yakunlandi.

Ushbu qiziqarli uchrashuvlar yugurish marafoniga ulanib ketdi. Gap shundaki, 21 aprel kuni VI Toshkent xalqaro marafoniga start berildi. Siberian Wellness ushbu marafonga hamkorlik qildi. Ushbu bellashuvda kompaniya jamoasi tarkibida 62 kishi qatnashdi. Guruh O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Mo‘g‘uliston va Qozog‘istondan kelgan ishtirokchilardan iborat edi. Musobaqa 3, 10, 21 hamda 42 km masofalarda bo‘lib o‘tdi. Jamoa ishtirokchilari ayollar va erkaklar o‘rtasida 42 kilometrga o‘tkazilgan, shuningdek, ayollar o‘rtasida 21 kilometr masofaga o‘tkazilgan musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egalladi.

24 aprel kuni esa poytaxtlik 60 nafar maftunkor qizlar – blogerlar, influyenserlar va OAV vakillari uchun gullar malikasi – atirgulning yangi xushbo‘y hidlari taqdim etildi. Shu munosabat bilan yopiq taqdimot tashkil etildi. To‘plamni Belorus parfyumeriya va kosmetika ishlab chiqaruvchilari uyushmasi direktori, Pierre Cardin modalar uyi taklifiga binoan Rim moda haftaligi parfyumini ishlab chiqqan Vladislav Rekunov taqdim etdi. Chiqish davomida Vladislav mehmonlarni mushk, qalampir, tabiiy xushbo‘ylik bilan tanishtirib, shou ko‘rsatdi. Shuningdek, u kolleksiyaning barcha mahsulotlari haqida gapirdi.

Tadbirlarning barchasi mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Ular o‘z-o‘zini rivojlantirish va dunyoqarashini kengaytirishni istaganlar, qimmatli bilim olishga va o‘z sohasi bo‘yicha eng malakali mutaxassislarning tajribasini o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun yana bir imkon bo‘ldi. Sizchi, ushbu marofonlarda ishtirok etdingizmi?

Biz bilan telefon orqali bog‘laning: +998712058767

Bizning maslahatchilarimiz sizga farovonlik olamiga birinchi qadamni qanday qo‘yish kerakligini aytib berishadi.

Shuningdek, bizning [email protected] manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Do‘konning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha 09:15 dan 19:00 gacha

Sall-markazning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha soat 08:00 dan 21:00 gacha

Manzil: Toshkent sh. Nukus ko‘chasi, 29-uy.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.siberianhealth.com

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made