Si Szinpin Putinga sim qoqdi

Olam

image

Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Muloqot chog‘ida Si Szinpin Pekin Moskva va Vashington o‘rtasidagi aloqalarni davom ettirishni olqishlashini aytgan. Xitoy ham tinchlikni mustahkamlash niyatida. Ta’kidlanishicha, suhbat Rossiya tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Ammo boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Bundan oldin Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va qozog‘istonlik mavqedoshi Qosim-Jomart To‘qayev bilan gaplashgandi. Ular bilan Rossiya Prezidenti Oq uy rahbari Donald Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff bilan o‘tgan uchrashuvni, shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro masalasini muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Hill” nashri Xitoy Ukrainadagi urushdan foyda ko‘rishi va Rossiyaning g‘alabasini ham xohlamasligini yozgandi. Nashrga ko‘ra, Xitoy Ukrainadagi urushning uzoq davom etishi va uning og‘ir o‘tishidan umid qilmoqda. Rasmiy Pekinning bundan ko‘zlagan maqsadi shuki, mojaro AQSHni Osiyo muammolaridan chalg‘itadi. Bunday paytda Xitoy o‘z ta’sirini kuchaytirib, G‘arbga putur yetkazishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Si Tszin'pin Xitoy-Rossiya telefon suhbati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing