Si Szinpin Xitoy va AQSH dushmanligini butun dunyo uchun ofat deb atadi

Olam

image

Xitoy va AQSH qarama-qarshiligi bu ikkala mamlakat uchun ham, butun dunyo uchun ham halokatdir. Bu haqda Xitoy Raisi Si Szinpin AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida aytib o‘tgan.

“Xitoy-Amerika hamkorligi ikki mamlakatga ham, butun dunyoga ham foyda keltiradigan ko‘plab muhim voqealarga olib kelishi mumkin. Xitoy va AQSH qarama-qarshiligi, shubhasiz, ikkala mamlakat uchun ham, butun dunyo uchun ham halokatdir”, deya ta’kidladi Si Szinpin.

U Qo‘shma Shtatlarni o‘zaro hurmat va mojarolarsiz ikki tomonlama munosabatlarning barqaror va sog‘lom rivojlanishiga ko‘maklashishga chaqirdi.

“Ikkala tomon ham sa’y-harakatlarni amalga oshirishi va bir-biriga qarab harakat qilishi, qarama-qarshiliklar va mojarolarning yo‘qligiga, o‘zaro hurmat va o‘zaro manfaatli hamkorlikka rioya qilishi, hamkorlikka e’tibor qaratishi, farqlarni nazorat qilishi, Xitoy-AQSHning sog‘lom va barqaror rivojlanishiga yordam berishi kerak”, deydi XXR Raisi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing