Si Szinpin dunyoga modernizatsiya uchun yangi imkoniyatlar bermoqchi 

Olam

image

Xitoy o‘z modernizatsiyasidagi yutuqlar asosida dunyoga yangi imkoniyatlar taqdim etishga tayyor. Bu haqda bugun, 21 aprel kuni Xitoy rahbari Si Szinpinning Shanxaydagi “Lanting” forumi ochilishida o‘qib eshittirilgan murojaatida aytiladi. 

“Pekin Xitoy modernizatsiya modeli yutuqlari asosida dunyoga yangi imkoniyatlar taqdim etish, modernizatsiya yo‘lini va yaxshiroq ijtimoiy tizimni o‘rganishda insoniyatga yangi turtki berish uchun boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor”, deyiladi Si Szinpinning murojaatida.

Aytilishicha, modernizatsiya har doim Xitoy xalqining tinimsiz intilishi bo‘lib kelgan. Si Szinpin Xitoy Kommunistik partiyasi butun mamlakat bo‘ylab barcha etnik guruhlar vakillarini birlashtirib, unga rahbarlik qilganini ta’kidlagan. U ko‘p yillik mashaqqatli izlanishlardan so‘ng Xitoyning milliy xususiyatlariga mos rivojlanish yo‘lini topgani hamda hozirda kuchli davlat va milliy tiklanishni targ‘ib qilish orqali Xitoy modernizatsiya modelini qurayotganini bildirgan. 

O‘z navbatida, Tashqi ishlar vaziri Sin Gang XXR barcha mamlakatlarning modernizatsiyani amalga oshirish huquqini himoya qilishga tayyor ekanini hamda “devor va to‘siqlar” o‘rnatilishiga qarshi ekanini ta’kidlagan.

“Biz barcha mamlakatlarning rivojlanish huquqini yanada qattiqroq qo‘llab-quvvatlaymiz. Modernizatsiya har bir davlatning ajralmas huquqidir, bir necha davlatning monopoliyasi va eksklyuziv imtiyozi emas. Siz daryoning narigi tomoniga yetib borganingiz uchungina daryodan o‘tib, ko‘priklarni demontaj qila olmaysiz. Boshqa davlatlar tomonidan modernizatsiyaga erishish uchun to‘siqlar yaratish, bostirish, to‘xtatish va blokirovka qilish haqida gapirmasa ham bo‘ladi, chunki qolgan davlatlar modernizatsiyaning boshqa yo‘llaridan boradilar”, deydi vazir Sin Gang.

Shuningdek, vazir Xitoy buyuk davlatlar bilan raqobatda ishtirok etmasligiga e’tibor qaratgan. Sin Gangning aytishicha, XXR qat’iy himoya qiladigan narsa Xitoyning rivojlanish manfaatlari va Xitoy xalqining yaxshiroq hayotga intilish huquqidir. Bundan tashqari, u Xitoy barcha mamlakatlar xalqlari bir-biridan mustaqil ravishda tanlagan modernizatsiya yo‘lini hurmat qilishi, mafkuraviy qarama-qarshiliklarni yuzaga keltirishga, yangi sovuq urushga kirishishga, ichki ishlarga aralashishga va o‘zboshimchalik bilan majburlashlarga qarshi chiqishini bildirgan. 

“Xitoy globallashuvning to‘g‘ri yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlaydi, devor va to‘siqlar o‘rnatishga, bir tomonlama sanksiyalar va kuchli bosimga qarshi. Xitoy iqtisodiy globallashuv va turli mamlakatlarning modernizatsiyasi bir-birini to‘ldirishi uchun ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlarining barqarorligi hamda uzluksizligini saqlab qolish maqsadida barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deydi vazir.

Ma’lumot uchun, “Lantin” forumi 2010 yil 1 dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, unga Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mezbonlik qiladi. Bu xalqaro va mintaqaviy muammolarni, shuningdek, Xitoy tashqi siyosatini muhokama qilish uchun maydondir. Unda hukumat va ekspert doiralari vakillari ishtirok etmoqda. Forum ilk bor Shanxayda o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Si Tszin'pin modernizatsiya Tsin' Gang

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing