Shveysariya boshladi. Mamlakat karantindan bosqichma-bosqich voz kechishga o‘tdi

Olam

image

Shveysariya Prezidenti Simonetta Sommaruga 27 apreldan boshlab mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyatga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanishini aytdi.

Uning eslatishicha, “to‘rt hafta oldin Federal Kengash COVID-19 munosabati bilan cheklov choralarini ko‘rishga qaror qilgan edi”.

“Bugun bu cheklovlar o‘z mevasini berganini aytishimiz mumkin. Biz infeksiya tarqalishini sekinlashtira oldik. Shu sabab yaxshi yangilik haqida aytmoqchiman – cheklovlarni yumshatishni boshlashimiz mumkin”, dedi Sommaruga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli qaror «bugun, 16 aprel kuni Federal Kengash tomonidan qabul qilingan”.

Prezidentning ta’kidlashicha, “agar vaziyat imkon bersa”, yumshatishning birinchi bosqichi 27 aprelda, ikkinchi bosqich - 11 mayda boshlanadi va uchinchi bosqich 8 iyunda bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shveysariyada koronavirusga 26 732 nafar odam chalindi. 15 400 bemor shifo topgan bo‘lsa, 1 269 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Shveytsariyada

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing