Shvetsiyada O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi ochiladi
Jamiyat
−
15 aprel 2021
2736O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 14 aprel kuni O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) amaldagi raisi, Shvetsiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Ann Linde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Shundan so‘ng, Prezident Shvetsiyada O‘zbekistonning to‘laqonli diplomatik vakolatxonasini tashkil etish to‘g‘risida qarorni imzoladi.
Qayd etilishicha, Shvetsiyada O‘zbekistonning diplomatik missiyasini tashkil etish mamlakatlar o‘rtasidagi va umuman skandinav davlatlar bilan hamkorlikning mavjud salohiyati va keng imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.
YeXHTning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri iliq qabul va ochiq suhbat uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.
Ann Linde O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi siyosatni yuqori baholab, qo‘llab-quvvatlagan.
LiveBarchasi