Shvetsiyada asli eronlik aka-uka Rossiyaga josuslik qilishda ayblanyapti

Olam

image

Shvetsiya prokuraturasi asli eronlik ikki kishini Rossiya foydasiga josuslik qilishda aybladi. Bu haqda Shvetsiya prokuraturasi xabar berdi.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, aka-uka Peyman va Payam Kia maxfiy ma’lumotlarni Rossiya tomoniga o‘tkazishda ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar 10 yil davomida Moskva foydasiga josuslik bilan shug‘ullangan.

“Associated Press” agentligi qo‘lga kiritgan ayblov xulosasiga ko‘ra, aka-uka 2021 yil sentyabridan 2022 yil sentyabrigacha Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi bilan maxfiy ma’lumotlarni o‘rtoqlashgan. Asosiy davlat ayblovchisi Per Lindkvistning aytishicha, “gap oddiy bo‘lmagan jinoyat haqida bormoqda”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aka-ukalardan biri Shvetsiya ichki razvedkasi va qurolli kuchlarida ishlagan vaqtida olingan ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashgan. Ma’lumotlar turli xavfsizlik agentliklari va Shvetsiya razvedka xizmatlaridan olingan, deya tushuntirgan Lindkvist.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing