Shvetsiya Turkiya uchun Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kirityapti

Olam

image

Shvetsiya parlamenti joriy yilning 16 noyabr kuni Konstitutsiyaga terrorizmga qarshi qonunchilikni kuchaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi. Yangi qoidalar “terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq guruhlarning yig‘ilish erkinligini cheklash” imkonini beradi. Bu haqda "Euronews" xabar berdi.

Shvetsiyaning asosiy qonuniga kiritilgan bu o‘zgarishlar qirollikning NATOga kirishiga haligacha to‘sqinlik qilayotgan Turkiya manfaati uchun kiritilyapti. Endi Shvetsiya uchun Anqara terrorchi deb hisoblagan kurd tashkilotlari – birinchi navbatda “Kurdiston ishchilar partiyasi” bilan aloqador shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish osonroq bo‘ladi.

O‘tgan hafta Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson Turkiyaga tashrifi chog‘ida uning hukumati terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish niyatida ekanini ta’kidlagan edi.

Shvetsiya uzoq vaqtdan buyon nafaqat Anqara, balki Vashington va Bryussel ham terroristik deb e’lon qilgan tashkilotlar a’zolariga boshpana berib kelgan. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin vaziyat o‘zgardi. Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi, biroq Turkiya uning nomzodini bloklagan.

16 noyabr kuni tasdiqlangan o‘zgarishlar keyingi yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing