“Sho‘rtanneft va gaz qazib chiqarish” zavodida yong‘in kelib chiqdi. Qurbon bor

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatidagi “Sho‘rtanneft va gaz qazib chiqarish” zavodida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 1 iyul kuni soat 13:05 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Qorako‘l” MFYda joylashgan “Sho‘rtanneft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasiga qarashli propan-butan aralashmasini olish sexida yong‘in sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Sho‘rtanneftgaz” MCHJ, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining 10 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Ammo, ushbu hodisa oqibatida korxonada faoliyat yuritgan 1 nafar fuqaro vafot etgan. Shuningdek, sexning 2 nafar ishchi-xodimi yengil tan jarohati olib, ularga ambulator tibbiy yordami ko‘rsatilgan hamda uyiga javob berilgan.  Yong‘inning sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing