Sho‘rchi tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
25 Sentabr
6284Akbarali Abdujabborovich Ishmurzoyev Sho‘rchi tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Akbarali Ishmurzoyev 1982 yilda Denov tumanida tug‘ilgan. 2003 va 2009 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – transport vositalaridan foydalanish, moliya.
Faoliyati davomida ijro hokimiyati organlarida turli lavozimlarda, xususan, Uzun va Angor tumani hokimining o‘rinbosari vazifasida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar Ishmurzoyev 2023 yildan buyon Denov tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shayxontohur, Muzrabot va Mirzo Ulug‘bek tumanlariga yangi rahbarlar tayinlangandi.