Shuncha bo‘lurmi hay-hay?! Rossiyaga kirishi taqiqlangan Zokirova endi qamalishi mumkin

Madaniyat-san’at

image

Xonanda Nargiz Zokirova Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, Maksim Fadeyev qo‘shiqlarini ijro etgani uchun uch yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin. Bu haqda xonandaning advokati Aleksey Aleshkin ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, Zokirovaning prodyusseri Maksim Fadeyev unga shov-shuvli tanaffusdan so‘ng har xil chiqishlar qilib, qo‘shiqlarini kuylashni taqiqlagan. Shu sababli xonanda  uch yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi, shuningdek Fadeyev undan ma’naviy zarar uchun tovon talab qilishi mumkin.

“Nargiz Rossiyani tark etgani uchun, u O‘zbekiston sudiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi. Bizning (Rossiya) qonunlarimizga ko‘ra, Nargiz boshqa odamlarning qo‘shiqlarini ijro etgani uchun uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin”, deydi Aleshkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 may kuni Toshkentdan Moskvaga borgan xonanda Nargiz Zokirova “Domodedovo” aeroportida qo‘lga olingandi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkinligi aytilgandi. 

Shundan so‘ng, xonanda Rossiya haqida keskin fikrlar bildirgani uchun 50 yil – 2072 yilgacha Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3404

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing