“Shuncha bo‘lurmi hay-hay?” Farg‘onada haydovchi Damas’ga 28 nafar bolani sig‘dirdi
3-sahifa
−
14 aprel 2021
6299Farg‘ona viloyatida Damas haydovchisi 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilarini uyiga olib ketayotgan vaqtda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimi tomonidan to‘xtatib qolindi.
Aniqlanishicha, fuqaroda avtomashina boshqarish uchun tegishli hujjatlar bo‘lmagan.
Shundan so‘ng mashina jarima maydonchasiga olib ketilgan hamda haydovchiga jarima miqdori belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avtomashinaning oldingi o‘rindig‘ida 5 nafar, orqa o‘rindig‘ida 23 nafar bola bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish qoidalari” VI bobiga ko‘ra bitta mashinada eng ko‘pi bilan 15 ta bola tashish mumkin.
Yulduz Abdurashidova
LiveBarchasi