Shukurov Ronalduga qarshi maydonga tushdi
Sport
−
08 fevral
8252Saudiya chempionati 19-turi doirasida “Al-Nasr” o‘z uyida “Al-Feyha”ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinni “Al-Feyha” tarkibida o‘zbekistonlik Otabek Shukurov asosiy tarkibda boshladi va 80-daqiqada almashtirildi. Shuningdek, mezbonlar safida yaqindagina 40 yoshni qarshilagan Krishtianu Ronaldu ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Uchrashuvda mezbonlar tarkibida Jon Dyuranning dubli va Krishtianu Ronalduning bir goli evaziga “Al-Nasr” yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bahs yakunida Otabek Shukurov 6.9 ball bilan jamoasining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Al-Nasr” turnir jadvalida 41 ochko jamg‘argan holda kuchli uchlikdan joy olmoqda. Mag‘lubiyatga uchragan “Al-Feyha” esa 16 ochko bilan 14-o‘rinni band etgan.
LiveBarchasi