Shukurov ham KXDR bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Sport
−
15 noyabr 2024 5248 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Otabek Shukurov 19 noyabr kuni Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
28 yoshli futbolchi Qatar bilan o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat oldi, biroq og‘riq bilan bo‘lsa ham bahsni davom ettirdi. Hozircha futbolchining qancha muddatda safga qaytishi noma’lum.
Shuningdek, terma jamoa hujumchilaridan biri Oston O‘runov garchi o‘yinlar qaydnomasiga kiritilgan bo‘lsa ham, KXDR bilan bahsda maydonga tushishi so‘roq ostida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Qatar bilan o‘yinda jarohat olib, 1 oyga safdan chiqqani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025