Shtorm signali! O‘zgidromet ob-havo bo‘yicha ogohlantirdi
Bu qiziq
−
28 dekabr 2019
178782019 yilning 29 dekabridan 2020 yilning 2 yanvarigacha O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi mavjud. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.
Joriy yilning 29-30 dekabrida A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni hududida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda.
Shuningdek, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50-100 m gacha pasayadi, shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi