Shtaynmayer Ukrainaga qo‘shimcha qurol va’da qildi

Olam

image

Berlin Kiyev rejimiga yordam berishda davom etadi, jumladan MLRS va gaubitsalarni yetkazib berish. Bu haqda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer n-tv kanali efirida aytib o‘tdi.

Shtaynmayer Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng yaqin kelajakda Berlin Kiyevga Mars yalpi reaktiv hujum tizimlari, shuningdek, qo‘shimcha Panzerhaubitze 2000 gaubitsalarini yuborishini aytdi.

Germaniya rasmiylarining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, GFR allaqachon Ukrainaga 686 million yevrolik harbiy tovarlar jo‘natgan. Biroq Berlin Kiyevga hujum qurollarini yubormadi.

Eslatib o‘tamiz, 11 oktyabr kuni Germaniya Ukrainaga avval va’da qilingan to‘rtta IRIS-T SLM zenit-raketa komplekslaridan birinchisini yetkazib bergani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing