“Shrek” katta ekranga qaytishi mumkin – Banderas
Bu qiziq
−
10 dekabr 2022 5921 1 daqiqa
“Shrek” animatsion filmining beshinchi qismi chiqishiga Antonio Banderas ishora qildi. Bu haqda “Peopletalk” nashri xabar berdi.
Ispaniyalik aktyor, rejissyor Antonio Banderas ovoz bergan “Etik kiygan mushuk 2: So‘nggi tilak” multifilmi Qizil dengiz xalqaro kinofestivalida namoyish etildi. U yerda aktyor tomoshabinlarga “Shrek” multfilmining katta ekranga qaytishini ma’lum qilgan. Shuningdek, u bu safar etik kiygan mushuk obrazini ham ko‘rish mumkinligini ta’kidlagan.
“Men bu mushuk bilan deyarli 20 yildan beri birgaman. Ehtimol, yana u bilan birga bo‘larman, Shrek esa qaytishi mumkin”, deydi aktyor.
Ma’lumot uchun, “DreamWorks Animation” tomonidan ishlab chiqilgan “Shrek” multfilmi “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi animatsion filmdir. Bundan tashqari, u BAFTA, “Annie Award” (8 nominatsiya) va boshqa kino mukofotlari bilan ham taqdirlangan.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi