Shoygu yadroviy to‘qnashuv xavfidan ogohlantirdi
Olam
−
22 mart 2023
19755Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Buyuk Britaniya Ukrainaga uranli snaryadlar yetkazib berishini e’lon qilganidan so‘ng yadroviy to‘qnashuv tobora yaqinlashib borayotganini aytdi.
Qayd etilishicha, Shoygu jurnalistlarning Ukrainaga uranli snaryadlar yetkazib berilishi dunyo yadroviy to‘qnashuvga bir qadam yaqinlashganini anglatadimi, degan savoliga javob berar ekan, bunday qadamlar kamayib borayotganini aytgan. Uning ta’kidlashicha, mazkur holat Rossiyani Moskva qanday javob qaytarishi mumkinligi haqida jiddiy o‘ylashga majbur qiladi.
Bundan tashqari, Shoygu bunday o‘q-dorilar NATO tomonidan Serbiyada ommaviy ravishda hech qanday sanksiyalar va ruxsatsiz tinch shaharlarni bombardimon qilish, ko‘priklarni vayron qilishda foydalanilganini ta’kidlagan.
“Ularning javobgarligi, bu o‘q-dorilarni ishlatganlarning oqibatlari bor edi. Jiddiy kasalliklar kelib chiqqandi. Ular hammasini o‘rgandi. Ammo har doimgidek, bu o‘q-dorilar ulardan foydalanganlarga qanday ta’sir qilgani unchalik qiziq emas edi”, degan Rossiya Mudofaa vaziri.
Ma’lumot uchun, Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari baronessa Annabel Goldi Britaniya Lordlar palatasi a’zosi Raymond Jolliffning savoliga javoban, Britaniya hukumati Ukrainaga zirhli transport vositalarini yo‘q qilish samaradorligini oshiradigan, tarkibida uran bo‘lgan snaryadlar yetkazib berishini e’lon qilgan.
LiveBarchasi