Shoygu O‘zbekistonga keldi
Olam
−
24 avgust 2022 33593 1 daqiqa
Kecha, 23 avgust kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi bayonot bergan.
Sergey Shoygu Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar harbiy idoralari rahbarlarining yig‘ilishida qatnashadi.
“24 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy delegatsiyalari hamda SHHTda kuzatuvchi davlat sifatida Belarus ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, SHHT sammiti 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Hozirda tashkilotga Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy va Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka. So‘nggi paytlarda ko‘plab davlatlar SHHTga a’zo bo‘lish istagini bildirmoqda. Xususan, Samarqanddagi sammitda Eronning qo‘shilish tartibi yakunlanishi va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomi berilishi kutilmoqda. Belarusning SHHTga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilish haqidagi arizasi ham o‘rganilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr