Shoygu ruslarni YeIga kiritmaslikni natsizmga tenglashtirdi

Olam

image

Barcha rossiyaliklarning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishini taqiqlash g‘oyasi bu natsizm siyosatining ko‘rinishidir. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytib o‘tgan.

“Bugun biz natsizm siyosatining namoyon bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz, bunda rusofob g‘oyasi yuqori Yevropa tribunalarida barcha Rossiya fuqarolarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishini taqiqlash bo‘yicha faol targ‘ib qilinmoqda”, deydi u Birinchi Xalqaro antifashistik kongressning yalpi majlisida.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, alohida davlatlar, xususan, Boltiqbo‘yi davlatlari “dunyo tartibining asosiy tamoyillari, Nyurnberg tribunalining huquqiy va siyosiy baholari”ni e’tibordan chetda qoldirmoqda.

“Estoniya va Latviyada SS legionerlarining yurishlari an’anaga aylangan, harbiy jinoyatchilarga yodgorlik va obelisklar o‘rnatilmoqda. Litva shaharlari ko‘chalarida fashistlarning shiorlari va chaqiriqlari ochiq eshitilmoqda”, deydi Shoygu.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbni barcha ruslar uchun chegaralarni butunlay yopishga chaqirgan edi. 

Buning ortidan joriy yilning 11 avgust kuni, Estoniya hukumati Shengen vizasiga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqlagan edi.

Shuningdek, Chexiya, Latviya va Litva ham rossiyaliklarga viza berishni chekladi. Daniya va Niderlandiya esa qisqa muddatli vizalar berishni to‘xtatgan. Germaniya Rossiya fuqarolari uchun viza taqiqlanishiga qarshi. 

Ayni paytda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining ruslarni viza bilan kamsitishga qaratilgan qadamlari Moskva tomonidan javobsiz qolmasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing