Shoygu Rossiyaning KXSHTdagi ittifoqchilariga va’da berdi
Olam
−
24 may 2022 14482 1 daqiqa
Rossiya Kollektiv Xavfszilik Shartnomasi Tashkiloti a’zolariga yuzaga kelayotgan tahdidlarni zararsizlantirish va suverenitetni himoya qilishda zarur yordamni ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda KXSHT Mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“G‘arb davlatlari KXSHT davlatlari o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlariga putur yetkazish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirmoqda. Biz ittifoqchilarimizga qanday bosim o‘tkazilayotganini bilamiz. Niqobsiz tahdidlar, shantajlar, intrigalar qo‘llanilmoqda. Bularning barchasi bizdan yanada birdamlikni, faolroq va aniqroq bo‘lishni hamda harakatlarni muvofiqlashtirishni talab qiladi. Rossiya o‘z ittifoqchilariga yuzaga kelayotgan tahdidlarni zararsizlantirish va suverenitetni himoya qilishda zarur yordamni ko‘rsatishda davom etadi”, deydi Shoygu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi sanksiyalar va G‘arbdan Kiyevga ko‘rsatilayotgan keng ko‘lamli yordamga qaramay, vazifalar to‘liq bajarilmaguncha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 16 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan KXSHTning yubiley sammitida tashkilotning tinchlikparvar kontingenti Qozog‘iston hokimiyatini ekstremistlar bosib olishidan qutqarib qolgani haqida aytgan edi.
Live
Barchasi