Putin To‘qayevga bergan yordamini eslatib qo‘ydi

Olam

image
KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlari bayonot imzoladi north_east

KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlari bayonot imzoladi

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining tinchlikparvar kontingenti Qozog‘iston hokimiyatini ekstremistlar tomonidan bosib olinishidan qutqarib qoldi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 16 may kuni tashkilotning Moskvada bo‘lib o‘tgan yubiley sammitida aytib o‘tdi.

“Cheklangan muddatga kiritilgan KXSHT kollektiv kuchlari kontingenti Qozog‘istonda hokimiyatni xorijdan ham nazorat qilinadigan ekstremistlar tomonidan bosib olinishining oldini oldi. U Respublikadagi ichki siyosiy vaziyatni tezda barqarorlashtirishga yordam berdi”, deya ta’kidlagan Vladimir Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT tinchlikparvar operatsiyasining muvaffaqiyatli o‘tishi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining yetukligi ko‘rsatkichidir, shuningdek, uning tahdidlarga qarshi turishdagi real qobiliyatini namoyish etadi.

“Qonli yanvar” voqealari

Qozog‘istonda 2022 yilning birinchi kunlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi — mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki barobar oshishiga qarshi chiqdi. Keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga, jumladan, eski poytaxt va Respublikaning eng yirik shahri Olma-otaga ham tarqaldi: u yerda talonchilik boshlandi, jangarilar davlat muassasalariga hujum qilishdi, qurol-yarog‘larni olib ketishdi. Bunga javoban rasmiylar 19 yanvarga qadar butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi va aksilterror operatsiyasini boshladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istondagi namoyishlar chog‘ida 1000 ga yaqin odam jarohatlangan. Mamlakat Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida 4578 kishi jarohatlangan, 225 kishi halok bo‘lgan, ulardan 19 nafari xavfsizlik xizmati xodimlari.  

5 yanvar kuni ertalab Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumatni iste’foga chiqardi va Xavfsizlik kengashiga o‘zini rahbar etib tayinladi. O‘z rahbarligidagi Xavfsizlik kengashining birinchi yig‘ilishida To‘qayev Qozog‘istondagi vaziyatni davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi deb baholadi va “terrorchilik tahdidini yengishda” KXSHTdan yordam so‘raganini aytdi. KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun Qozog‘istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi.  

7 yanvar kuni To‘qayev terrorchilar, jumladan, xorijdan kelganlar ham qarshilik ko‘rsatishda davom etayotganini aytib, qurolini tashlamaganlarni yo‘q qilishga va’da berdi. Bundan tashqari, Prezident fuqarolarning tinch shaklda bildirilgan barcha talablari tinglanganini ta’kidladi. 13 yanvar kuni KXSHT missiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani e’lon qilindi. 19 yanvar kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Respublikada xorijlik harbiy xizmatchilar qolmaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing