KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlari bayonot imzoladi

Olam

image

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti a’zo davlatlar rahbarlari qator qo‘shma hujjatlar, jumladan, tashkilot Kollektiv xavfsizlik kengashi bayonotini qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Uchrashuvda davlat rahbarlari Kollektiv xavfsizlik shartnomasining 30 yilligi va KXSHTning 20 yilligi munosabati bilan tashkilot Kollektiv xavfsizlik kengashining Bayonotini imzoladilar.

Bundan tashqari, KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining “Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Qozog‘iston Respublikasi hududida KXSHT tinchlikparvar operatsiyasi ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi qarori ham imzolandi.

Uchrashuvda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston rahbari Imomali Rahmon – tashkilotga a’zo barcha olti davlat rahbarlari ishtirok etdi. 

Hujjat imzolanganining 30 yilligi va uyushmaning 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbir Kremlda bo‘lib o‘tdi. Bu KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlarining so‘nggi ikki yarim yil ichida birinchi yuzma-yuz uchrashuvidir.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

366

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing