Shoygu Rossiya faollashib qolgan NATOga qanday javob qaytarishini ma’lum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning oxiriga qadar Rossiyaning g‘arbidagi harbiy okruglarda 20 ga yaqin yangi tuzilmalar va bo‘linmalar paydo bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

Uning aniqlik kiritishicha, bu Rossiyaning parvozlar va harbiy kemalarning faolligini oshirayotgan AQSH boshchiligidagi NATO (Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti) mamlakatlari harakatiga javob bo‘ladi.

“G‘arblik hamkasblarimizning harakatlari dunyo xavfsizlik tizimini yo‘q qilmoqda va bizni yetarli darajada qarshi choralar ko‘rishga majbur qilyapti. Biz qo‘shinlarning jangovar holatini doimiy ravishda yaxshilab bormoqdamiz. Yangi bo‘linmalar zamonaviy qurol-yarog‘ va uskunalar bilan ta’minlanadi. Umuman olganda, bu yil G‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlarini ikki ming dona qurol bilan jihozlash rejalashtirmoqda”, deya qo‘shimcha qildi vazir.

Xabarga ko‘ra, shu tarzda shaxsiy tarkib va harbiy qo‘mondonlik-nazorat organlari malakasini oshirish davom ettiriladi.

“Boltiq floti kemalari tomonidan jangovar tayyorgarlik vazifalarini bajarish intensivligi 30 foizga oshdi. Har xil turdagi qurollardan foydalangan holda ikki yuzdan ortiq mashqlar bajarildi. Okrugning havo hujumkorligi to‘rt foizga oshdi”, deydi Shoygu.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

662

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing