Shoygu Eronga bordi
Olam
−
05 avgust
11302Bugun, 5 avgust kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu rejalashtirilgan ish safari bilan Eronga bordi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sergey Shoygu Tehronda Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Akbar Ahmadian va Qurolli kuchlar Bosh shtabi rahbari Muhammad Bag‘iriy bilan muzokaralar o‘tkazadi. Shoygu Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning ham qabulida bo‘lishi xabar qilinmoqda.
“Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikning keng doirasi va uni mustahkamlash, xavfsizlik sohasidan tortib savdo-iqtisodiy loyihalargacha, shuningdek, global va mintaqaviy xavfsizlikning turli jihatlari muhokama qilinadi”, deya xabar berdi Rossiya Xavfsizlik kengashi.
Zumrad Zaripova
LiveBarchasi