Shoygu AQSH va NATOni Qora dengizdagi provokatsiyalarda aybladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari va NATO Qora dengiz va uning osmonida provokatsion harakatlarni davom ettirmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Moskvada bo‘lib o‘tgan vazirlik kollegiyasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Janubi-g‘arbiy strategik yo‘nalishdagi harbiy-siyosiy vaziyat qiyinligicha qolmoqda. Bu, asosan, bir qator xorijiy davlatlarning Rossiyaning janubiy va g‘arbiy chegaralarida o‘zlarining harbiy kuchlarini ko‘paytirishga urinishlari bilan bog‘liq”, dedi Shoygu.

Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vazir Ukrainaning harbiy-siyosiy rahbariyatini “buzg‘unchi yo‘nalishni davom ettirishda” va “Donbassdagi vaziyatni beqarorlashtirishga” intilayotganlikda aybladi.

“Vaziyatning beqaror holati Yaqin Sharq mintaqasi va Kavkazning bir qator mamlakatlarida kuzatilmoqda. Alyansning uning normallashuviga qarshi turishga urinishlari bizni nosimmetrik strategik cheklash choralarini ko‘rishga va Janubiy harbiy okrug qo‘shinlarining jangovar qobiliyatini oshirishga majbur qilmoqda”, deydi Rossiya Mudofaa vaziri.

Avvalroq, Turkiya AQSH harbiy kemalari Qora dengizga kirishini ma’lum qilgandi. Ushbu kemalar Rossiyaning sohillari mavjud bo‘lgan Qora dengizda 14-15 apreldan 4-5 maygacha qoladi.

AQSH Mudofaa vazirligiga ko‘ra, harbiy kemalarni Qora dengizga yuborishdan maqsad – Rossiya bilan ziddiyatga borayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing