Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ChatGPT'dan kim milliardlab pul ishlashga ulguradi?

Texnologiya

image

2022 yil oxirida “OpenAI” kompaniyasi dunyoga ChatGPT ko‘p funksiyali sun’iy intellekt chat-botini taqdim etdi. Bot dasturlashni amalga oshirishi, taomlar tayyorlash bo‘yicha maslahatlar berishi, insholar va hattoki talabalar uchun diplom ishi yozishi mumkin. Dastur butun dunyo bo‘ylab katta shuhrat qozondi va internet gigantlari sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida o‘zlarining ustunliklarini isbotlash zarurligini angladi.

Bozor ishtirokchilari dasturda katta imkoniyatlarni ko‘rmoqda va ushbu texnologiyaga faol sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi. “Lenta. ru” nashri shov-shuvlarga sabab bo‘lgan mazkur chat-botning yutuqlari, xatolari hamda kelajagi haqida maqola e’lon qildi.

Elektron miyalar

Yuqorida qayd etilganidek, bot diplom ishi kabi ishlarni ham bajarishga qodir. 2022 yil oxirida AQSH, Avstraliya, Fransiya va Hindistondagi ba’zi universitet va maktablar talabalar o‘qishlarida sun’iy intellekt yordamidan ommaviy ravishda foydalana boshlaganlaridan so‘ng, talabalar qurilmalari va mahalliy brauzerlarda chatbotni bloklaganlarini e’lon qildi.

AQSHning Stenford universitetida talabalarning 17 foizi imtihonlarda yoki yakuniy ishlarni yozishda ChatGPT’dan foydalanishi tan olingan. Fransiyaning Strasburg universitetida esa chatbotdan foydalanish 20 nafar talabani shaxsan qaytadan imtihon topshirishga majbur qilgan.

O‘qituvchilar, talabalar o‘z ishlarida dasturdan hamma joyda foydalanishidan qo‘rqishadi, bu esa tanqidiy fikrlash va murakkab muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga putur yetkazishi mumkin.

“OpenAI” kompaniyasi 2015 yilda tadbirkorlar –Ilon Mask va Sem Oltman tomonidan ishga tushirilgan. Ular davlat yoki korporatsiya emas, balki jamiyat manfaati uchun harakat qiladigan ochiq kompaniya yaratmoqchi bo‘lgan.

Turli tadbirkorlar va venchur kapital fondlari ta’sischilari “OpenAI”ga sarmoya kiritgan, jumladan Microsoft 2019 va 2021 yillarda dasturga milliardlab dollar sarmoya kiritgan.

ChatGPT egasi 2024 yilga kelib 1 milliard dollar ishlab topishi mumkin

2023 yil yanvariga kelib ChatGPT yuklab olishlar soni bo‘yicha eng tez o‘sayotgan ilova sifatida jahon rekordini o‘rnatdi. Shundan so‘ng, Microsoft 10 milliard dollarga baholangan yana bir yirik sarmoyani e’lon qildi.

Dasturga qiziqishning ortishi korporatsiya kapitallashuvini keskin oshirdi. Joriy yilning fevralida kapitallashuv ikki trillion dollarga yetdi va Microsoft Apple’dan keyin dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi.

“OpenAI”kompaniyasi 2023 yilda 200 million dollar daromad olishni, 2024 yilda esa bu daromad 1 milliard dollarga yetishini kutmoqda.

ChatGPT suhbat matnini yaratishi, turli tillarda hazil qilishi yoki faylasuf sifatida suratga tushishi mumkin. Chatbot foydalanuvchilarga maslahat beradi, qiyin savollarga javob beradi va turli muammolarni hal qiladi.

Dastur ishga tushirilgandan bir necha kun o‘tgach, milliondan ortiq odam uni sinab ko‘rgan. Ba’zilar botdan olti yoshli bolaga Santa Klaus yo‘qligini qanday tushuntirishni, yana ba’zilar esa sevimli seriyalar va bosh og‘rig‘ini qanday to‘xtatishni so‘ragan.

Bundan tashqari, ChatGPT dasturchilarga kod yozish, she’rlar, insholar va maqolalar yozishda yordam berishi mumkin.

Shuningdek, dastur sog‘liqni saqlash sharoitida foydalanish imkoniyatlarini beradi. Masalan, AQSHning AnsibleHealth klinikasida ChatGPT allaqachon shifokorlar tomonidan tuzilgan hisobotlarni bemorlarga tushunarli bo‘lishi uchun soddalashtirish uchun qo‘llanilmoqda.

Har to‘kisda bir ayb bor

Biroq bot foydalanuvchilari ChatGPT'da ham xato va kamchiliklar borligini payqashgan. Masalan, dastur ishqibozlaridan biri botdan “Avatar 2” filmini qayerda ko‘rish mumkinligini so‘ragan va unga bot film hali chiqarilmagani hamda kino 2023 yilda kassada paydo bo‘lishini aytgan.

Shuningdek, sun’iy intellekt internetda topilgan materiallarni qanday tushunishi noaniqligicha qolmoqda. Foydalanuvchilar bot haqiqat va noaniq ma’lumotlar o‘rtasidagi farqni tushunishiga ishonchlari komil emasligini bildirgan.

Orqaga qaytish yo‘q – Bill Geyts

Soha mutaxassislari Meta va Amazon kabi global texnologiya gigantlari tomonidan ChatGPT'ga o‘xshash dasturlarni yaratish matnlar, musiqa va videolarni yaratuvchi bir qator mutaxassislarning ishiga tahdid solishi mumkinligidan qo‘rqadi.

ChatGPT kichik va yirik kompaniyalarda turli lavozimlar uchun intervyularni muvaffaqiyatli topshirishga qodir ekani haqidagi xabar esa hayratni kuchaytirdi.

Sun’iy intellektning rivojlanishi oqibatida dasturchilar, ma’lumotlar tahlilchilari, moliyaviy maslahatchilar, advokatlar, marketologlar va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bo‘lgan talab kamayib borishi kutilmoqda.

Rochester texnologiya instituti xodimi Pengcheng Shining fikricha, ChatGPT hozirgi versiyasida ham ba’zi kamchiliklarga ega bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchilar o‘rnini egallashi mumkin.

Bozor ishtirokchilari ChatGPT texnologiyasi dunyoni o‘zgartirishiga ishonchlari komil. Microsoft asoschisi Bill Geyts ushbu chatbotning yaratilishini internet ixtirosi kabi uni ham muhim deb bilishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT o‘zi nima ekani, yaratilish tarixi va imkoniyatlarida haqida maqola e’lon qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing