Shoshilinch tibbiy yordam tizimida necha kishi mehnat qiladi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Shoshilinch tibbiy yordam tizimida 87,5 ming nafarga yaqin xodim faoliyat olib bormoqda.Bu haqda kecha, 25 may kuni “Shoshilinch va tez tibbiy yordam: kafolatli, ishonchli va sifatli xizmat” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi

Unda aytilishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va subfiliallarida yiliga 217 ming nafardan ortiq bemorga statsionar sharoitda murakkab xirurgik amaliyotlar o‘tkaziladi, undan tashqari yana 268,1 ming nafardan ortig‘iga ambulator amaliyotlar bajarilmoqda. 

Tizimda 87,5 ming nafarga yaqin xodim faoliyat olib bormoqda, shu jumladan, shifokorlar soni 16,7 ming nafardan ziyod, hamshiralar esa 52,4 ming nafardan ortiqdir. Hozirgi kunda kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi 98 foizni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tez yordam xizmatida Damas’dan voz kechishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing