Shoshilinch axborot! O‘zbekistonda kuchli shamollar bo‘lishi kutilmoqda
Jamiyat
−
20 dekabr 2021 18788 1 daqiqa
Joriy yilning 21-22 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmat markazining shoshilinch axborotida aytib o‘tilgan.
21 dekabrda respublika hududlari bo‘yicha shamol kuchayishi kutilmoqda: Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha; Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.
21-22 dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli bo‘lishi mumkin.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust