Shoshilinch axborot! O‘zbekistonda qor yog‘ib, kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Joriy yilning 13-15 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

13-14 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:

•    13 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin;

•    14 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

13 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida va 14 fevral respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kuchli bo‘lishi mumkin.

15-17 fevralda kechasi harorat -4-7° sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1298

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing