Shoshilinch axborot! O‘zbekistonda havo harorati -16 darajagacha pasayadi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 12-15 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Joriy yilning 12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Tog‘ va tog‘oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10° pasayishi kutilmoqda.

13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqqacha, shimolda kechalari 7-12° sovuqqacha, ba’zi joylarda 14-16° sovuqqacha, kunduz kunlari 3° sovuq 2° iliqqacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

4980

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing