Shomurodov “Jenoa”da o‘ziga raqam tanladi

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning Genuya shahriga yetib keldi. Bu haqda “Sport Express” xabar berdi. 

Shomurodov italyan klubi bilan 4 yillik rasmiy shartnoma tuzadi. Keyin u klub futbolchisi sifatida tanishtiriladi. U "Jenoa"da 9 raqamni tanlagan.

Ma’lumot uchun, “Rostov” Shomurodovni 9 mln yevro evaziga qo‘yib yubordi. Uning “Jenoa”dagi maoshi yiliga 600-700 ming yevro atrofida bo‘ladi.

Avvalroq, “Jenoa” klubining 15 nafar vakilida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik. Shu sababli, Italiya A Seriyasining 3-turidan o‘rin olgan “Jenoa” hamda “Torino” bellashuvi noma’lum muddatga qoldirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1093

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing