Shomurodov tur ramziy jamoasiga kirdi
Sport
−
20 yanvar 2974 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Istanbul Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodov “Sofascore” talqini bo‘yicha Turkiya Superligasining 18-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi.
Turkiya Superligasining 18-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir” jamoasi o‘z maydonida “Fatix Karagyumryuk” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shomurodov o‘yinda jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi. “Sofascore” portali tomonidan Eldorning o‘yindagi harakatlari 8 ball bilan baholandi. Fayzullayevning o‘yini esa 6 ballga loyiq ko‘rildi.
Ayni damda Eldor Shomurodov Superligada 13 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinda 11 ta gol bilan “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu va “Fenerbahche” forvardi Taliska bormoqda.
Ma’lumot uchun, Turkiya Superligasi 18-tur yakuniga ko‘ra, “Galatasaroy” 43 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Fenerbahche” 42 ochko bilan ikkinchi, “Trabzonspor” 38 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “Istanbul Bashakshehir” esa 26 ochko jamg‘argan holda 6-pog‘onada joylashgan.
Live
Barchasi