Shomurodov “Torino” bilan kelishuvga erishdi
Sport
−
11 yanvar 2023 17526 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Rimning "Roma" klubi a’zosi Eldor Shomurodov Turinning "Torino" klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolas Skira o‘z Twitter sahifasida xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli futbolchi "Torino" bilan shaxsiy shartnomaning barcha tafsilotlari bo‘yicha kelishib olgan va hozirda "Torino" va "Roma" transfer masalasida muzokara olib boryapti.
Shomurodovning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. U anchadan buyon "Roma"ni tark etish niyatida.
Ma’lumot uchun, "Transfermarkt" portali Shomurodovning transfer narxini 7 million yevroga baholamoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025