Shomurodov Italiya A seriyasining TOP-100 futbolchilari ro‘yxatidan joy oldi

Sport

image

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Italiya A seriyasining TOP-100 futbolchilari ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda “La Gazzetta Dello Sport” nashri yozmoqda

Ma’lum qilinishicha, Shomurodov 5,94 ball bilan 85-o‘rinda qayd etilgan. Birinchi o‘rinni esa Milan shahrining “Inter” klubi hujumchisi belgiyalik Romelu Lukaku egallagan. U har o‘yinda o‘rtacha 6,79 ball qayd etgan. 2-o‘rinda “Milan” klubi yarimhimoyachisi Frank Kessi, 3-o‘rinda Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qayd etilgan.

Xabarga ko‘ra, Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Jenoa” klubidan yana 5 nafar futbolchi ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan. Bular:

  • italiyalik Davide Zappakosta 6,45 ball bilan 30-o‘rinda;
  • italiyalik Mattia Destro 6 ball bilan 46-o‘rinda;
  • italiyalik Mattia Perin 6,23 ball bilan 72-o‘rinda;
  • italiyalik Janluka Skamakka 6,11 ball bilan 84-o‘rinda;
  • xorvatiyalik Milan Badel 6,12 ball bilan 97-o‘rinda. 

Ma’lumot uchun, Shomurodov to‘p surayotgan Italiya A seriyasi Yevropaning eng kuchli 5 ta chempionatidan biri hisoblanadi. Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi esa Italiya A seriyasini 2020 yilning eng yaxshi milliy chempionati deb topgan. Ushbu chempionatda 550 dan ortiq futbolchi o‘ynaydi. 

“Transfermarkt”ga ko‘ra, surxondaryolik futbolchining transfer bahosi 7 millon yevro atrofida. Italiyalik sport jurnalisti Janluki Di Marsio esa o‘zbek o‘g‘lonining xizmatini ikki barobar yuqori, ya’ni 15 million yevro atrofida baholagan

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tgan yili Rossiyaning “Rostov”idan kelib qo‘shilgan. Transfer qiymati 7,5 million yevroni tashkil qilgan Eldor bu mavsum 31 ta o‘yinda maydonga tushib 8 ta gol urgan hamda 1 ta golli uzatma bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

929

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing