Shomurodov IFFHS reytingida Benzema va Saloh bilan bir xil natija qayd etdi

Sport

image

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2022 yilda xalqaro o‘yinlarda gol urish bo‘yicha to‘purarlar reytingini e’lon qildi. Reytingni tuzishda klublar va terma jamoadagi rasmiy o‘yinlarda urilgan gollar inobatga olindi.

Reytingda 22 ta gol bilan Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yetakchilik qilmoqda. Fransiya termasi hujumchi Killian Mbappe (21 gol) 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, 3-pog‘onani argentinalik Xulian Alvares (15 gol) egalladi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston milliy terma jamaosi sardori Eldor Shomurodov ham jadvalning kuchli o‘nligidan joy olishni uddaladi. Eldor Shomurodov 12 ta gol urib, mashhur futbolchilar Karim Benzema, Muhammad Saloh, Risharlison kabi futbolchilar bilan bir xil natija qayd etdi.

Reyting:

1. Lionel Messi (Argentina) – 22 gol;

2. Kilian Mbappe (Fransiya) – 21;

3. Xulian Alvares (Argentina) – 15;

4-5. Erling Xoland (Norvegiya) – 14;

4-5. Sadio Mane (Senegal) – 14;

6-7. Robert Levandovski (Polsha) – 13;

6-7. Pedro (Braziliya) – 13;

8-11. Eldor Shomurodov (O‘zbekiston) – 12;

8-11. Risharlison (Braziliya) – 12;

8-11. Muhammad Saloh (Misr) – 12;

8-11. Karim Benzema (Fransiya) – 12.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing