Shols O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
06 Sentabr
8194Avvalroq, Germaniya kansleri Olaf Shols O‘zbekistonga kelishi xabar qilingandi. U 15 sentyabr kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan C5+1 formatidagi sammitda ishtirok etadi va shu safar doirasida O‘zbekistonga ham keladi. Bu haqda Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Hebeshtrayt Berlindagi brifingda ma’lum qildi.
“15 sentyabr, yakshanba kuni kansler Shols O‘zbekiston va Qozog‘istonga boradi. U 17 sentyabrgacha u yerda qoladi. Bu kanslerning Markaziy Osiyoga ilk safari", deydi Hebeshtrayt.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston Rossiya va Xitoy o‘rtasida strategik joylashuvi, shuningdek, ular bilan fan, iqtisodiyot, energetika va xomashyo sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish istagi tufayli Germaniya uchun asosiy va yaqin hamkorlar hisoblanadi.
“Qozog‘istonda kansler Markaziy Osiyo davlatlarining C5+1 formatida bo‘ladigan sammitida ishtirok etadi”, dedi Hebeshtrayt.
Unga ko‘ra, Germaniya kansleri ushbu mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish uchun birlashish vaqti keldi, deb hisoblaydi. Shu maqsadda 2023 yil kuzida Berlinda bo‘lib o‘tgan birinchi C5+1 yig‘ilishida strategik mintaqaviy hamkorlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shuningdek, u kanslerga ishbilarmonlar delegatsiyasi hamroh bo‘lishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15