Shols Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar qachon olib tashlanishini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Moskva Kiyev bilan o‘zaro maqbul tinchlik kelishuviga erishmaguncha Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi cheklovchi choralarni bekor qilmaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols aytib o‘tgan. 

“Ukraina bilan adolatli kelishuvga erishilmaguncha biz kiritgan sanksiyalar bekor qilinmaydi. Keiv nuqtai nazaridan qanday kelishuv adolatli bo‘ladi, buni faqat Ukrainaning o‘zi aniqlashi mumkin. Yevropa ularga [ukrainaliklarga] buyruq bera olmaydi va bunday niyati ham yo‘q”, deydi Shols.

Shu bilan birga, Shols Ukrainada xohishiga qarshi ish qilish mumkin emasligini ta’kidlab o‘tgan. Germaniya kansleriga ko‘ra, u bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga ham bir necha marotaba aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyun kuni Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis va Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Kiyevga keldi. Ular Kiyev viloyatining Irpen shahrida bo‘lib, urush talafotlarini ko‘zdan kechirdi. So‘ng Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Safardan asosiy maqsad Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatishdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing